USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hazorasp tumani “Zehnli” mahallasining 3 yillik kanalizatsiya muammosi hal etilmay kelinyapti

303 марта
Hazorasp tumani “Zehnli” mahallasining 3 yillik kanalizatsiya muammosi hal etilmay kelinyapti

Xazarasp tumanidagi “Zehnli” mahallasida yaşovçi aholi 3 yildan buyon hal bölmayotgan oğir muammodan çarçagan. Mahalladagi köp qavatli uylarning kanalizatsiya tizimi yillar davomida işlamay kelmoqda. Eng açinarlisi — muammo borasida mutasaddilarga bir neça bor murojaat qilingan bölsa-da, hali-hanuz amaliy natija körinmayapti.
Aholi aytişiça, kanalizatsiya suvi quvurlar tölib ketgani sababli oçiq böş maydonlarga oqizilmoqda. Bu esa nafaqat ekologik muammo, balki aholining soğliği, gigiyena va kundalik yaşaş şaroitiga jiddiy tasir körsatmoqda. Mahallada hid şunçalik kuçayganki, odamlar öz uyida ham tinç nafas olişda qiynalmoqda.
Mahalla fuqarolari takidlaşiça, muammo haqida mutasaddilarga qayta-qayta murojaat qilingan, lekin heç qanday samarali çora körilmayapti. Nazorat organlari va tegişli xizmatlar tomonidan bunday holatga befarq munosabat esa aholining noroziligini yanada oşirmoqda.

Aholining asosiy talabi — kanalizatsiya tizimini töliq tamirlab, quvurlarni yangilaş va muammoga qatiy nuqta qöyiş.
Bu kabi sanitariya talablariga zid holatning yillar davomida yeçimsiz qolişi heç qanday asosga ega emas. Masul idoralardan tezkorlik, şaffoflik va aniq amaliy çoralar kutilayapti.

Masala yuzasidan rasmiylardan tez fursatda javob va amaliy harakatlar kutamiz. Aholi esa bir narsani aytmoqda: “Biz şunça yildan beri xidda yaşaşga majbur emasmiz!”

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: