USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç tumanida bir muammo bitmay kelyapti: Ibn Sino köçasidagi holat yana takrorlandi

263 марта
Urganç tumanida bir muammo bitmay kelyapti: Ibn Sino köçasidagi holat yana takrorlandi

Urganç tumani Ibn Sino köçasi, Tibbiyot birlaşmasi röparasida joylaşgan Mevazor mahallasidagi suv toşişi muammosi yana qaytalandi. Bir neça marotaba yoritilişiga, masul idoralarga murojaat qilinganiga qaramay, holat hali ham bartaraf etilmayapti. Har safar tamirlanayotgandek körinsa-da, oradan köp ötmay yana öşa ahvolga qaytmoqda — göyoki surunkali kasallikdek takrorlanmoqda.

Nega bir muammo qança murojaatlar bölsa ham hal etilmayapti?

Mahalla aholisi va şunçaki yölovçilarning aytişiça:
  • Iş çala bajariladi yoki
  • Işga masullarning özi tuşunmasdan, yuzaki amalga oşiryaptimi?
    degan savollar tuğilmoqda
Tuzatiş işlari amalga oşirilgandan keyin ham suv qayta-qayta köçalariga yoyilib, harakatlanişga qiyinçilik tuğdirmoqda. Ayniqsa, tibbiy muassasaga keluvçilar uçun ham bu katta noqulaylik.

Muammoning asosiy sababi nima?

Aholi fikriga köra, muammo quyidagilardan birida bölişi mumkin:
  • Quvurlar eskirgan, yangilanmagan;
  • Kanalizatsiya tizimi loyihaviy talablarga muvofiq tuzilmagan;
  • Töliq tamir emas, faqat köringan joylargina yamalib ketilmoqda;
  • Yeçim tizimli emas, vaqtinçalik çora körilayotgandek.
Mahallani qayta-qayta suv bosişi ekologik va sanitariya jihatidan ham xavotir uyğotmoqda. Ayniqsa, şifoxona atrofida bunday holat yöl xarakatiga, bemorlar xavfsizligiga va infratuzilma sifatini taminlaşga jiddiy tasir qiladi.

Aholi nimani kutmoqda?

Mevazor mahallasi aholisi oddiy va aniq talab qiladi:
  • Masul idoralar tomonidan töliq diagnostika — muammo aslida qayerdan kelayotgani aniqlansin;
  • Sifatli va uzoq muddatli tamir, nafaqat köriniş uçun;
  • Jamoatçilik iştirokida monitoring yoki hisobot;
  • Bir marta qilingan iş bir neça oyda emas, bir neça yil xizmat qilsin.
Xulosa

Ibn Sino köçasidagi bu muammo bir mahallagagina tegişli emas — bu şahar infratuzilmasidagi tizimli yondaşuv yetişmasligining yana bir belgisi. Mahalla aholisi esa bir narsani söramoqda: “Nega har safar tuzatilgan joy yana buziladi? Sabab nima?”

Masul idoralardan javob va aniq çoralar kutib qolamiz.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: