Urganç şahridagi Islom Karimov köçasida suv çiqiş muammosi yana kuzatilmoqda
11-11-2025, 08:35
386 марта
Urganç şahridagi Islom Karimov köçasida suv çiqiş muammosi yana kuzatilmoqdaUrganç şahridagi Islom Karimov köçasida, ayniqsa bozor oldidagi çorraha qismida, bir neça oydan beri olib borilayotgan tamirlaş işlariga qaramasdan, suv quvurida yana nosozlik qayd etilmoqda.
Aholi va haydovçilarning malum qilişiça, mazkur hududda har oraliqda suv çiqib, yölni ifloslantirişi va harakatga noqulaylik tuğdirişi kuzatilmoqda. Tamirlaş işlari amalga oşirilganiga qaramay, muammo butunlay bartaraf etilmagan.
Mahalliy fuqarolar bu holatning uzoq yillar davom etib kelayotganidan norozilik bildirmoqda. Ularga köra, muammoga faqat qisman yeçim topilayotgani oqibatida har oyda şu yerda suv oqişi va yölning vayron bölişi holatlari takrorlanmoqda.
Fuqarolarning sörovi:
“Nima uçun har gal vaqtinçalik tamir bilan çeklaniladi? Bu masalaga töliq yeçim qaçon beriladi?”
Mazkur holat böyiça masul idoralardan rasmiy izoh kutilmoqda.
“Xorazm bugun” tahririyati mazkur muammoning hal etilişi yuzasidan masul taşkilotlar faoliyatini yoritişda davom etadi.