Sönggi qönğiroq — sönggi ogohlantirişmi? Voyaga yetmagan haydovçilar soni xavotirli darajada qolmoqda
25-05-2025, 10:52
280 марта
Xorazm viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli tarğibot işlariga qaramasdan, 2025 yil 25 may kuni — “Sönggi qönğiroq” munosabati bilan maktab bitiruvçilari bayram kayfiyatida bölgan bir paytda, viloyatimizda taşvişli holat kuzatildi.Soat 16:00 gaça bölgan vaqt içida Xorazm viloyati böylab 15 nafar voyaga yetmagan yigit-qiz tomonidan avtomobil boşqariş holati aniqlandi. Bu holat nafaqat qonunbuzarlik, balki jonga xavf tuğdiruvçi fojealarga olib kelişi mumkinligi bilan xavflidir.
IIB YHXB masullarining malum qilişiça, aniqlangan holatlar yuzasidan tegişli huquqiy çoralar körilmoqda. Şu bilan birga, bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida nazorat tadbirlari kuçaytirilişi belgilangan.
Ota-onalar masuliyati qayda?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar va fotosuratlar voyaga yetmaganlar tomonidan haydovçilik qiliş holatlari ortib borayotganini körsatmoqda. Bu esa ota-onalarning masuliyati, ularning farzandlariga nisbatan nazorati va tarbiyasi qay darajada ekanini qayta körib çiqişga çorlamoqda.
Yöl harakati qoidalariga köra, haydovçilik huquqi 18 yoşga tölgan, tibbiy körikdan ötgan va tegişli guvohnomaga ega şaxslargagina beriladi. Ammo qonunga zid ravişda rulga ötirgan öspirinlar nafaqat öz hayoti, balki boşqalarning ham hayotini xavf ostiga qöymoqda.
Fojealar oldini oliş — hammamizning burçimiz
IIB YHXB barça ota-onalardan farzandlarini nazorat qiliş, ularga haydovçilikning jiddiy masuliyatini tuşuntiriş, ehtiyot çoralarini körişni qatiy sörab qolmoqda. Bugungi kundagi fojealarning köpçiligi etiborsizlik va beparvolik oqibatida yuz bermoqda.
Nazorat tadbirlari kelgusi kunlarda ham davom etadi. Jamoatçilikni ham bu masalada faolroq pozitsiya egallaşga, huquqbuzarliklarni aniqlaşda hamkorlik qilişga çaqirib qolamiz.