Xorazmda elektr, gaz, buğ bilan taminlaş va havoni konditsiyalaş sohasida işlab çiqariş hajmi 509,2 mlrd sömni taşkil etdi
1-07-2026, 12:02
55 марта
Xorazmda elektr, gaz, buğ bilan taminlaş va havoni konditsiyalaş sohasida işlab çiqariş hajmi 509,2 mlrd sömni taşkil etdi2026 yilning yanvar–aprel oylarida Xorazm viloyatida elektr, gaz, buğ bilan taminlaş va havoni konditsiyalaş sanoatida işlab çiqariş hajmi 509,2 milliard sömga yetdi. Bu haqda viloyat statistika boşqarmasi malum qildi.
Malumotlarga köra, mazkur tarmoq viloyat umumiy sanoat işlab çiqarişining 4,5 foizini taşkil etgan. Şuningdek, ötgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 134,4 foiz etib qayd etilgan.
Hisobot davrida Xorazm viloyatidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan:
- 331,8 million kVt/soat elektr energiyasi;
- 82,1 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi işlab çiqarilgan.