Xiva tumanida suyultirilgan gaz taminoti raqamlaştirilmoqda: Face ID va nazorat tarozilari joriy etildi
2-07-2026, 10:27
79 марта
Xiva tumanida suyultirilgan gaz taminoti raqamlaştirilmoqda: Face ID va nazorat tarozilari joriy etildiXiva tumanida aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror taminlaş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş hamda tizimda şaffoflikni taminlaş maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalar bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.
Malum qilinişiça, tumandagi 25 ta mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qilayotgan 18 975 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan taminlanadi. Gaz ballonlari maxsus jihozlangan 5 ta ISUZU avtotransporti orqali belgilangan reja asosida aholiga xavfsiz yetkazib berilmoqda.
Istemolçilar manfaatlarini himoya qiliş maqsadida gaz ballonlarini topşiriş jarayonida nazorat tarozilaridan foydalaniş tizimi yölga qöyilgan. Bu esa gaz miqdori böyiça kelib çiqişi mumkin bölgan etirozlarning oldini olişga xizmat qilmoqda.
Sohadagi muhim yangiliklardan biri — Face ID (yuzni taniş) texnologiyasining joriy etilganidir. Uşbu raqamli yeçim gaz ballonining haqiqiy istemolçiga topşirilişini taminlab, inson omilini kamaytiriş va korruptsiyaviy holatlarning oldini olişga qaratilgan.
Tizimli işlar natijasida aholiga “zangori olov” öz vaqtida yetkazib berilmoqda. Jumladan, joriy yilning ötgan davrida «Pirnaxos» mahallasidagi 1 235 ta xonadonga 89,7 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.Mutaxassislar fuqarolarga suyultirilgan gazdan foydalanişda texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qilişni eslatmoqda. Zero, xavfsizlik har bir xonadonda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.