Qalajiqqala va yana 4 mahallada ertaga gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
5-07-2026, 19:30
170 марта
Qalajiqqala va yana 4 mahallada ertaga gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXorazm viloyatining Boğot tumanida joylaşgan “Zarbdor” gaz taqsimlaş stantsiyasida rejali tamirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan ayrim hududlarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, 2026 yil 6 iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 gaça Boğot tumanidagi Qalajiqqala, Yangiqadam, Nayman, Navröz va Nurlihayot mahallalari istemolçilariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Masullarning bildirişiça, tamirlaş işlari yakunlanganidan söng tabiiy gaz taminoti bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi.
Istemolçilardan uşbu vaqtinçalik noqulaylikni töğri qabul qilişlari hamda zarur ehtiyojlari uçun oldindan tayyorgarlik körişlari söraldi.