Qöşköpirda elektr tarmoqlari yangilanmoqda
9-07-2026, 16:06
94 марта
Qöşköpirda elektr tarmoqlari yangilanmoqdaXorazm viloyatida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taminlaş hamda kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş işlari davom etmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Qöşköpir tumanidagi 35/10 kVli «Ğalaba» podstantsiyasidan çiquvçi 10 kVli «Xosiyon» havo elektr tarmoğida mukammal tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida eski elektr uzatiş ustunlari zamonaviy temir-beton ustunlarga almaştirilmoqda, şuningdek, elektr tarmoqlaridagi eski qurilmalar yangilari bilan almaştirilyapti. Bu işlar tarmoqning işonçliligi va xavfsizligini oşirişga xizmat qiladi.
Mutaxassislar takidlaşiça, tamirlaş işlari yakunlangaç, «Xosiyon», «Tagalak» va «Könazey» mahallalarida istiqomat qiluvçi aholi hamda xöjalik yurituvçi subektlarning elektr taminoti yanada barqaror va sifatli böladi.
Eslatib ötamiz, viloyat böylab elektr infratuzilmasini yangilaş işlari bosqiçma-bosqiç davom ettirilmoqda. Bu esa istemolçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlaş va kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarning oldini olişga xizmat qiladi.



