Jazirama issiqda elektr tarmoqlarida avariya nega yuz beradi?
14-07-2026, 20:21
111 марта
Jazirama issiqda elektr tarmoqlarida avariya nega yuz beradi?Yozning öta issiq kunlarida Xorazm viloyatida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortişi kuzatiladi. Ayni paytda elektr uzatiş tarmoqlari ham yuqori harorat, ham katta yuklama şaroitida işlayotgani sababli ayrim hududlarda nosozliklar yuzaga kelişi mumkin.
Mutaxassislar takidlaşiça, taşqi havo haroratining yuqori bölişi elektr simlarining qizişiga olib keladi. Şu bilan birga, konditsionerlar va boşqa sovutiş uskunalaridan keng foydalanilişi natijasida elektr istemoli ortib, tarmoqlarga tuşadigan yuklama ham köpayadi.
Yuqori harorat tasirida elektr simlarining termik çözilişi kuzatilib, ularning osiliş darajasi ortişi mumkin. Bundan taşqari, izolyatorlar, mahkamlagiçlar hamda tarmoqning boşqa konstruktiv elementlaridagi nosozliklar avariya yuzaga keliş xavfini yanada oşiradi.
Şu sababli ayrim hollarda elektr uzatiş tarmoqlarida nosozliklar sodir bölişi va ayrim istemolçilarning elektr taminoti vaqtinça çeklanişi ehtimoldan xoli emas.
Masul taşkilotlar malum qilişiça, nosozlik aniqlangan zahoti avariya-tamirlaş brigadalari zudlik bilan hududga yetib borib, elektr taminotini qisqa muddatda tiklaş çoralarini köradi.
Xorazm viloyati aholisidan elektr energiyasidan oqilona foydalaniş, ayniqsa, eng yuqori yuklama kuzatiladigan vaqtlarda ortiqça elektr jihozlarini bir vaqtning özida işlatmaslik söralmoqda. Bu elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklamani kamaytiriş va uzluksiz elektr taminotini taminlaşga xizmat qiladi.