Xorazmning qator hududlarida 29 iyul kuni elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin
28-07-2026, 22:29
939 марта
Xorazmning qator hududlarida 29 iyul kuni elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkinXorazm viloyatining qator tumanlari va Urganç şahrining ayrim hududlarida 2026 yil 29 iyul kuni rejali profilaktika işlari sababli elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali malum qilişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq tarmoqlarda rejali profilaktika işlari amalga oşiriladi.
Şu munosabat bilan 29 iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça quyidagi hududlarda elektr energiyasi taminoti vaqtinça çeklanişi mumkin:
- Urganç tumani: Qumravot, Turkmanlar, Xojiboy, Şohidonlar mahallalari;
- Yangibozor tumani: Tozadurman, Şoirlar, Barhayot, Xalqobod mahallalari;
- Gurlan tumani: Boğişamol, Yangiasr, Boğiston, Şodlik mahallalari;
- Şovot tumani: Qiyot, Yangiyöl, Paxtakor, Istiqbol, Oydin, Qirğoq böyi mahallalari;
- Yangiariq tumani: Çaqir va Ostona mahallalari;
- Hazorasp tumani: Amudaryo, Aloqaliköl, Yangibozor, Boğdor, Uzuqqaqoş, Al-Xorazmiy, Işçilar mahallalari;
- Urganç şahri: Yangiobod, Böston, Yangi Aşxobod mahallalari hamda Tajriba uçastkasi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali istemolçilardan yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr sörab, profilaktika işlariga tuşuniş bilan munosabatda bölişlarini söradi.