Instagram’da «Aggi Million» nomi bilan tanilgan xorazmlik yoş bloger 22 yoşida vafot etdi
2-08-2026, 15:31
2 816 марта
Instagram’da «Aggi Million» nomi bilan tanilgan xorazmlik yoş bloger 22 yoşida vafot etdiXorazmlik yoş bloger, Instagram ijtimoiy tarmoğida «Aggi Million» taxallusi bilan faoliyat yuritgan yigit 22 yoşida hayotdan köz yumdi.
Marhum qisqa vaqt içida qiziqarli videolari orqali köplab kuzatuvçilar etiborini qozongan edi. U Xorazmning maşhur blogerlari va bir qator yoş xonandalari bilan hamkorlikda videolar suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ança tanilgan.
Uning vafotidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar tarqalmoqda. Ayrim sahifalarda bu holat öz joniga qasd qiliş bilan boğlanayotgan bölsa, boşqalar boşqa versiyalarni ilgari surmoqda. Biroq hozirça uşbu holat yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan ölim sababi haqida tasdiqlangan axborot elon qilinmagan.
Şu sababli, tasdiqlanmagan malumotlarni haqiqat sifatida qabul qilmaslik va tarqatmaslik muhim. Voqeaga oid rasmiy xulosa elon qilingaç, aniq malumotlar asosida qöşimça xabar beriladi.
22 yoşli blogerning bevaqt vafoti uning yaqinlari, döstlari va kuzatuvçilari uçun oğir yöqotiş böldi.
Tahririyatimiz marhumning oilasi va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi. Alloh rahmatiga olsin.