Xivadagi “Qovun sayli” va kontsert munosabati bilan qator köçalar yopiladi
5-08-2026, 20:39
310 марта
Xivadagi “Qovun sayli” va kontsert munosabati bilan qator köçalar yopiladi7–9 avgust kunlari Xiva şahrida ötkaziladigan “Qovun sayli” festivali hamda 8 avgust kuni “Arda Xiva” majmuasida bölib ötadigan kontsert dasturi munosabati bilan şaharning ayrim köçalarida avtotransport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi.
Taqdim etilgan harakat sxemasiga köra, Yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan harakat tartibga solinib, haydovçilar aylanma yönalişlar orqali harakatlanişi taminlanadi.
8 avgust kuni “Arda Xiva” majmuasi atrofida quyidagi köçalarda çeklov joriy etiladi:
- D215 avtomobil yölining majmuaga tutaş qismi;
- Umid köçasi;
- Komolot köçasi;
- Polvon Darvoza köçasining ayrim qismi.
7–9 avgust kunlari Içan qala atrofida harakat çeklanadi
“Qovun sayli” festivali davomida Içan qala atrofidagi quyidagi köçalarda ham vaqtinçalik çeklovlar amal qiladi:
- Amir Temur köçasi;
- Nurov köçasi;
- Pöstindöz köçasi;
- Islom Xöja köçasi;
- Polvon Darvoza köçasining Içan qalaga tutaş qismi.
Masullar haydovçilardan safarni oldindan rejalaştirişni, muqobil yönalişlardan foydalanişni hamda YPX xodimlarining qonuniy talablariga amal qilişni söramoqda.
Eslatma: Festival kunlari Xiva şahri markazida transport oqimi köpayişi kutilmoqda. Şu bois, imkoni bölsa jamoat transportidan foydalaniş yoki harakat vaqtida aylanma yönalişlarni tanlaş tavsiya etiladi.