Xorazm viloyatida tabiiy gazdan tejamkor foydalaniş böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda
20-04-2025, 11:31
194 марта
Xorazm viloyatida tabiiy gazdan tejamkor foydalaniş böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda“Hududgaz Xorazm” GTF tomonidan zamonaviy, tejamkor gaz-uskunalari örnatilişi hamda tabiiy gazni tejaş va undan oqilona foydalaniş böyiça mahallalar kesimida tarğibot işlari olib borilmoqda.
Xususan, “Urgançtumangaz” gaz taminoti bölimi tomonidan joriy yilning şu davriga qadar 2867 ta tejamkor gaz yondirgiçlari örnatilişi natijasida 4 mln 740 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinişiga erişildi. Tejamkorlik borasidagi işlarini “Gulobod” mahallasi misolida oladigan bölsak uşbu mahallaga 362 ta tejamkor gaz-uskunalari örnatilişi natijasida 462 ming kub metr tabiiy gaz sarfi oldi olindi. Bu esa tejalgan tabiiy gaz çekka hududlardagi xonadonlarda ham yaxşilanişiga zamin yaratadi.
Tejamkor gaz-gorelkalari örnatilişi gazning töliq yonişi hisobiga samaradorlikni 20-30 %ga oşiriş, atmosferaga zararli moddalarning çiqarilişini kamaytiriş hamda tabiiy gazni 30 %gaça tejaş imkonini beradi bu esa öz-özidan oilaviy byudjet tejalişiga xizmat qiladi.