Urgançda BYD Çazor haydovçisi janjaldan söng bir neçta avtomobilni urib ketdi
7-08-2026, 13:42
889 марта
Urgançda BYD Çazor haydovçisi janjaldan söng bir neçta avtomobilni urib ketdiUrganç şahridagi «Istiqlol» mahallasida 4 avgust kuni noodatiy voqea sodir böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan malumotlarga köra, ikki fuqaro örtasida yuzaga kelgan janjaldan söng BYD Çazor avtomaşinasi haydovçisi keskin harakatlar sodir qilgan.
Huquq-tartibot idoralari malumotiga köra, janjaldan keyin haydovçi ataylab harakatlanib, boşqa fuqaroga tegişli bölgan Cobalt avtomaşinasiga zarar yetkazgan.
Şundan söng u töxtab turgan yana ikki avtomobil — BYD Çazor va Damas avtomaşinalarini ham urib ketgan. Hodisa oqibatida avtomobillarga texnik şikast yetgan.
Etiborlisi, voqea natijasida heç kim tan jarohati olmagan.
Hodisa joyiga yetib kelgan içki işlar organlari xodimlari haydovçining harakatlarini töxtatgan hamda janjal iştirokçilarini içki işlar bölimiga olib borgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda. Tekşiruv natijalariga köra, qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qilinişi aytilgan.