USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda BYD haydovçisi 3 ta avtomobilni qasddan şikastladi

834 марта
Урганчда BYD ҳайдовчиси 3 та автомобилни қасддан шикастлади

Xorazmda BYD avtomaşinasi haydovçisi qasddan atrofda turgan bir neçta avtomobillarga şikast yetkazib, yöl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIBning axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganç şahrida BYD rusumli avtomaşina haydovçisi tomonidan bir neça transport vositasiga şikast yetkazilayotganligi aks etgan videolavhalar tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan tarqalgan video yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

Unda qayd etilişiça, holat joriy yilning 4 avgust kuni Urganç şahrining “Istiqlol” mahallasi hududida sodir bölgan. Şu mahallada yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan Ş.B. hamda Urganç tumanining “Şermatlar” mahallasida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan X.B. örtasida özaro kelişmovçilik kelib çiqqan.

Şundan söng, X.B. öziga tegişli bölgan qora rangli BYD Çazor rusumli avtomaşinani keskin boşqarib, Ş.B. ga tegişli Cobalt rusumli avtomaşinaga, şuningdek, voqea joyida töxtab turgan boşqa fuqarolarga tegişli oq rangli BYD Çazor hamda Damas rusumli avtomaşinalarga qasddan şikast yetkazgan. 

Malumotlarga köra, hodisa oqibatida transport vositalari texnik şikastlangan bölib, fuqarolarga tan jarohati yetmagan.

Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan “Taşviş tugmasi” orqali kelib tuşgan xabarga asosan voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan Içki işlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarning harakatlari töxtatilib, iştirokçilarning barçasi Içki işlar organiga olib borilgan.

Bildirilişiça, hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Urganç şahar içki işlar boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Cobalt rusumidagi maşina haydovçisi avtomobillarga şikast yetkazib, IIO xodimlarining talabiga böysunmasdan harakatni davom ettirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: