Xorazmda Özbekiston mahallalar uyuşmasi raisi kubogining viloyat bosqiçi yakunlandi
16-08-2026, 17:38
127 марта
Xorazmda Özbekiston mahallalar uyuşmasi raisi kubogining viloyat bosqiçi yakunlandiÖzbekiston mahallalar uyuşmasi raisi kubogining Xorazm viloyati hududiy bosqiçi bölib ötdi.
Urganç şahridagi «Madina» töyxonasida taşkil etilgan musobaqada viloyatning turli hududlaridan 25 ta jamoa iştirok etdi.
Bellaşuv davomida jamoalar umumiy 36 ta savol böyiça öz bilim va salohiyatini sinadan ötkazdi.
Qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakuniga köra, eng yuqori natijani qayd etgan ikki jamoa respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
Hududiy bosqiç sovrindorlari:
🥇 1-örin — «Navbahor» MFY jamoasi — Yangiariq tumani;
🥈 2-örin — «Ilğor» MFY jamoasi — Xonqa tumani.
Ğolib va sovrindor jamoalar taşkilotçilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Endi «Navbahor» va «Ilğor» MFY jamoalari respublika bosqiçida Xorazm viloyati şarafini himoya qiladi.
Jamoalarimizga respublika bosqiçida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!