Xorazmda “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasi ğoliblari taqdirlandi
10-07-2026, 02:55
140 марта
Xorazmda “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasi ğoliblari taqdirlandiBugun Urganç şahridagi «Yoşlik» sport majmuasida futbol va mini-futbol böyiça «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» musobaqalarining viloyat bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Mazkur musobaqalar «Beş taşabbus olimpiadasi» doirasida «Mahalladan – Respublikagaça» tamoyili asosida taşkil etildi. Unda Xorazm viloyatidan 55 ming nafardan ortiq yigit-qiz iştirok etdi.
Tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov iştirok etib, musobaqaning viloyat bosqiçida ğolib va sovrindor bölgan jamoalarga kubok, diplom hamda qimmatbaho sovğalarni topşirdi. Şuningdek, hokim respublika bosqiçida iştirok etadigan jamoalarga omad tilab, ular Xorazm viloyati şarafini munosib himoya qilişiga işonç bildirdi.
Musobaqa natijalari
Futbol böyiça:
🥇 Şovot tumani
🥈 Xonqa tumani
🥉 Yangiariq tumani
Mini-futbol (öğil bolalar):
🥇 Urganç şahri
🥈 Şovot tumani
🥉 Hazorasp tumani
Mini-futbol (qizlar):
🥇 Gurlan tumani
🥈 Şovot tumani
🥉 Boğot tumani
Endilikda viloyat ğoliblari respublika bosqiçida Xorazm şarafini himoya qiladi. Sportsevarlar ularning yuqori natijalar qayd etişiga umid bildirmoqda.



