Urgançda “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” ğoliblari taqdirlandi
12-07-2025, 21:16
435 марта
Urgançda “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” ğoliblari taqdirlandiBugun Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida futbol va mini-futbol böyiça “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, iqtidorli sportçilarni izlab topiş va tarbiyalaş maqsadida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida ötkazilgan mazkur musobaqalarda Xorazm viloyatidan 51 ming nafardan ziyod yigit-qizlar iştirok etdi.
Tantanali marosimda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov iştirok etib, ğolib va sovrindor jamoalarga kubok, diplom va qimmatbaho sovğalarni topşirdi.




