USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda 4 milliard dollarlik investitsiya va 10 mingta yangi quvvat işga tuşirildi

55 марта
Xorazmda 4 milliard dollarlik investitsiya va 10 mingta yangi quvvat işga tuşirildi

Sönggi yillarda Xorazm viloyatida tadbirkorlik va investitsiyalar uçun yangi imkoniyatlar yaratildi. Bu davrda viloyat iqtisodiyotiga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib kelib, 10 mingta yangi quvvat işga tuşirildi.

Viloyatda «Hazorasp» maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi taşkil etildi. Tuproqqala va Yangiariq tumanlarida jami 275 megavatt quvvatga ega elektr stantsiyalari barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taminotiga xizmat qilmoqda.

Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kiçik biznes yaratmoqda. Eksportda kiçik biznes uluşi 81 foizga yetib, viloyat bu körsatkiç böyiça respublikada birinçi öringa çiqdi.

Turizm va transport infratuzilmasida ham sezilarli özgarişlar amalga oşirilmoqda. «Toşkent – Xiva» tezyurar poyezdi yölga qöyildi, 35 kilometrlik yangi «Urganç – Xiva» avtomobil yöli işga tuşirilmoqda.
Xivada 25 gektar maydonda «Arda Xiva» turistik majmuasi barpo etildi. Tadbirkorlar tomonidan 7 ming öringa möljallangan 331 ta mehmonxona va mehmon uylari taşkil qilindi.

Joriy yilda Xorazmga 3 million nafar xorijiy sayyoh kelişi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va köngiloçar obektlarni öz içiga olgan «Sahro yulduzi» turistik majmuasi ham barpo etiladi.

Prezident takidlaganidek, bugun Xorazm tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: