Prezident Xivadan Urgançga yangi avtomobil yöli orqali qaytdi
18-08-2026, 18:04
285 марта
Prezident Xivadan Urgançga yangi avtomobil yöli orqali qaytdiPrezident Şavkat Mirziyoyev Xiva şahrida tadbirkorlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotdan söng yangi «Urganç – Xiva» pullik avtomobil yöli bilan tanişdi.
Yangi magistral Urganç xalqaro aeroporti va Xiva şahri örtasida harakatlanişni yanada tez, xavfsiz va qulay qilişga xizmat qiladi. Loyiha doirasida 35 kilometr avtomobil yöli, 1 ta yer osti tunneli, 8 ta yöl ötkazgiç, 15 ta köprik va 106 ta suv ötkaziş inşooti barpo etildi.
Mavjud yöl orqali Urgançdan Xivaga yetib boriş uçun 45–50 daqiqa sarflangan bölsa, yangi tört tasmali magistral orqali bu vaqt 15–17 daqiqagaça qisqaradi. Yölning sutkalik ötkaziş quvvati 30 mingdan ortiq transport vositasini taşkil etadi.
Harakat oqimi va tölovlarni boşqariş suniy intellektga asoslangan raqamli tizimlar orqali amalga oşiriladi. Tölovlar transport vositasini töxtatmagan holda elektron tarzda undiriladi.
Yöl qoplamasining yuqori qatlamlarida issiq iqlimga çidamli maxsus modifikatsiyalangan bitum aralaşmasidan foydalanilgan bölib, qoplamaning umumiy qalinligi 87 santimetrni taşkil etadi.


