Urganç tumanida avtotransport vositalari ekologik nazoratdan ötkazilmoqda
29-08-2026, 08:35
106 марта
Urganç tumanida avtotransport vositalari ekologik nazoratdan ötkazilmoqdaXorazm viloyatida 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar “Toza havo” oyligi doirasida ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Urganç tumanida viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasining tuman bölimi hamda Içki işlar bölimi Yöl harakati xavfsizligi bölimi xodimlari hamkorligida köçma ekologik postlar taşkil etildi.
Nazorat tadbirlari davomida dizel, gaz va benzin yoqilğisida harakatlanuvçi avtotransport vositalari ekologik tekşiruvdan ötkazilmoqda. Xususan, transport vositalarining atmosfera havosiga çiqarayotgan zararli taşlamalari maxsus laboratoriya uskunalari yordamida aniqlanmoqda.
Tekşiruvlar jarayonida aniqlangan kamçilik va texnik nosozliklar yuzasidan haydovçilarga tegişli tuşuntirişlar berilmoqda. Şuningdek, avtotransport vositalaridan foydalanişda ekologik talablarga qatiy rioya etiş böyiça tavsiyalar bildirilmoqda.
“Toza havo” oyligidan asosiy maqsad — avtotransport vositalaridan atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytiriş, ekologik talablarga rioya etilişini taminlaş hamda aholi uçun soğlom va toza havo muhitini yaratişdan iborat.
Ekologiya boş boşqarmasi malumotiga köra, bunday nazorat tadbirlari oylik davomida viloyat hududlarida izçil davom ettiriladi.
