Urgançda Vatan mustaqilligining 35 yilligi tantanali nişonlandi
31-08-2026, 10:53
166 марта
Urgançda Vatan mustaqilligining 35 yilligi tantanali nişonlandiUrganç şahridagi “Avesto” boğ majmuasida Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori ostida ötkazilgan tadbirda viloyat jamoatçiligi, nuroniylar, yoşlar, mehnat faxriylari hamda turli sohalar vakillari iştirok etdi.
Tantanada sözga çiqqan Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov voha ahlini uluğ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Viloyat rahbari öz tabrigida mustaqillik yillarida Xorazmda amalga oşirilgan keng kölamli bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlariga töxtalib, yurt ravnaqi, xalq farovonligi va inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan islohotlarning samaralari haqida söz yuritdi.
Bayram tadbiri poytaxtdan taşrif buyurgan sanatkorlar hamda Xorazm viloyatining sanat ustalari iştirokidagi katta kontsert dasturi bilan davom etdi.
Musiqiy çiqişlarda ozod va obod Vatan, uning mehnatkaş va fidoyi xalqi, tinçlik va osoyiştalik, bugungi farovon kunlarga şukronalik tuyğulari tarannum etildi.
Tadbir yakunida namoyiş etilgan dronlar şoui va bayram muşakbozligi yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşib, Mustaqillik bayrami tantanasiga yanada fayz bağişladi.
Şu tariqa Urganç şahridagi bayram tadbiri yurtdoşlarimizning Vatanga bölgan mehri, ertangi kunga işonçi va yangi marralar sari intilişini namoyon etgan kötarinki ruhda ötdi.

















