MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA: URGANÇ DAVLAT UNIVERSITETIDA YaNGI ÖQUV BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
31-08-2026, 18:48
173 марта
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA: URGANÇ DAVLAT UNIVERSITETIDA YaNGI ÖQUV BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDIÖzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Urganç davlat universitetining yangi, zamonaviy öquv binosi tantanali ravişda foydalanişga topşirildi.
8 qavatdan iborat, 1800 öringa möljallangan yangi öquv binosining oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov iştirok etdi. Tadbirda viloyat rahbari mazkur binoda yaratilgan şaroitlar universitet hayoti, talim sifati, ilmiy salohiyat hamda yoşlar uçun yangi imkoniyatlarni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etişini takidladi.
Oçiliş marosimida Xorazmning ilm-fan, talim, sanat va madaniyat sohalarida tanilgan vakillari, universitet rektori Feruza Madraximova boşçiligidagi Kengaş azolari, faxriy ustozlar, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Yangi inşoot Urganç davlat universitetining 9-öquv binosi bölib, unda Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti faoliyat yuritadi.
Binoning eng muhim jihatlaridan biri — bu yerda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter ilmlari va IT yönalişlarida talim oliş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilganidir. Xususan, binoda taşkil etilgan Suniy intellekt laboratoriyasi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş va ilmiy izlanişlarni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Tadbirda universitetning faxriy ustozlari ham sözga çiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda talim sohasiga qaratilayotgan etibor, ilm-fanni rivojlantiriş va yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.
Zamonaviy öquv binosining foydalanişga topşirilişi Urganç davlat universitetining talim va ilmiy salohiyatini yanada oşiriş, yoşlarga sifatli talim beriş hamda zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallaşi uçun munosib şaroit yaratiş yölidagi muhim qadam böldi.







