Xiva — Urganç xalqaro aeroporti yönalişida yangi elektr poyezdlar qatnovi yölga qöyilmoqda
1-09-2026, 21:03
174 марта
Xiva — Urganç xalqaro aeroporti yönalişida yangi elektr poyezdlar qatnovi yölga qöyilmoqdaXorazmda jamoat transporti tizimida yana bir muhim yangilik. 1 sentyabrdan boşlab Xiva şahri, Urganç şahri va Urganç xalqaro aeroportini boğlovçi zamonaviy elektr poyezdlar yangi jadval asosida harakatlanadi.
Bu haqdagi tegişli hujjat IJRO.GOV.UZ tizimi orqali ERI bilan tasdiqlangan bölib, hujjat kodi — GN01508251.
Hujjatga köra, yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida 7056/7055 va 7058/7057-sonli «Xiva — Urganç xalqaro aeroporti — Xiva» şaharlararo zamonaviy elektropoyezdlari har kuni belgilangan jadval asosida qatnaydi.
Qatnovlar jadvali:
7056-sonli «Xiva — Urganç xalqaro aeroporti»:
- Xiva — 07:35
- Urganç — 08:05–08:08
- Blok Post 396.5 — 08:15
- Urganç xalqaro aeroporti — 08:27
- Aeroport — 09:00
- Blok Post 396.5 — 09:12
- Urganç — 09:19–09:22
- Xiva — 09:52
7058-sonli «Xiva — Urganç xalqaro aeroporti»:
- Xiva — 21:00
- Urganç — 21:30–21:33
- Blok Post 396.5 — 21:40
- Urganç xalqaro aeroporti — 21:52
- Aeroport — 22:30
- Blok Post 396.5 — 22:42
- Urganç — 22:49–22:52
- Xiva — 23:22
Yangi qatnovlar, ayniqsa, Urganç xalqaro aeroportiga boruvçi va u yerdan qaytuvçi yölovçilar uçun muhim qulaylik yaratadi. Xivadan aeroportga töğridan-töğri temir yöl qatnovining yölga qöyilişi turistlar, mahalliy aholi va aviaqatnovlardan foydalanuvçilar uçun transport imkoniyatlarini kengaytiradi.
Rasmiy hujjatda tegişli işçi-xodimlarni taniştiriş, yölovçilarga elon qiliş hamda malumot va axborot hujjatlariga özgartirişlar kiritiş belgilangan.
Etiborli jihati — yangi jadval 1 sentyabrdan boşlab har kuni amal qiladi.