Urganç aeroporti yonida yangi temir yöl bekati qurilmoqda
26-06-2026, 12:28
287 марта
Urganç aeroporti yonida yangi temir yöl bekati qurilmoqdaXorazm viloyati transport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş yölida muhim loyihalardan biri amalga oşirilmoqda. Urganç xalqaro aeroporti hududi yaqinida yangi zamonaviy temir yöl bekati qurilişi yakuniy bosqiçga yetgan bölib, loyiha deyarli tayyor holatga keltirildi.
Mazkur loyiha işga tuşirilişi bilan Urgançga havo orqali kelgan mahalliy va xorijiy sayyohlar hamda yölovçilar aeroportdan töğridan-töğri elektr poyezd orqali Xiva şahriga yöl oliş imkoniyatiga ega böladi. Bu esa sayyohlar uçun qöşimça qulaylik yaratib, vaqt tejalişiga xizmat qiladi.
Malumotlarga köra, Urganç xalqaro aeroportini temir yöl tarmoği bilan boğlaydigan yangi temir yöl liniyasi qurilişi jadal suratlarda olib borilmoqda. Loyiha doirasida aeroportdan temir yöl tarmoğigaça bölgan yönaliş elektrlaştirilib, zamonaviy elektr poyezdlar harakati yölga qöyiladi.
Yangi bekatning foydalanişga topşirilişi Xorazmning turizm salohiyatini yanada oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Ayniqsa, YuNESKO merosi röyxatiga kiritilgan qadimiy Xiva şahriga taşrif buyuruvçilar uçun transport aloqalari ança yengillaşadi.