90 kundan ortiq çet elda bölgan fuqarolar majburiy ravişda OIVga tekşiruvdan ötkazilişi mumkin
10-06-2025, 17:16
239 марта


Xususan, uzluksiz töqson kun va undan ortiq muddat davomida çet elda bölib qaytgan ön sakkiz yoşdan oltmiş yoşgaça bölgan Özbekiston fuqarolari, Özbekiston hududida doimiy yaşaydigan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublikaga kirib kelayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni majburiy ravişda OIVga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş belgilanmoqda.
Yiğilişda taşabbuskorlar deputat Şerzod Qulmatovning nima uçun 90 kun belgilanayotgani masalasiga izoh berarkan, bu yuqumli kasallik inson organizmida 90 kundan söng özini namoyon qilişini qayd etdi. U şuningdek, çet eldan qaytgan fuqaro agar özining, oilasining soğligini öylasa, tezda tibbiy körikdan ötişi lozimligini bildirdi.
Uning bildirişiça, mazkur hujjat inson salomatligi uçun xavf tuğdiruvçi yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş, aholi salomatligini muhofaza qiliş, mehnat migratsiyasi jarayonlarida ijtimoiy xavfsizlikni taminlaş böyiça tasirçan huquqiy mexanizmlarni şakllantirişga xizmat qiladi.
Muhokamalardan söng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.