Xorazmlik tadbirkorning MIBdagi qarzi 824 million sömdan oşgani aytilmoqda
4-09-2026, 20:02
643 марта
Xorazmlik tadbirkorning MIBdagi qarzi 824 million sömdan oşgani aytilmoqdaIjtimoiy tarmoqlarda Xorazmlik tadbirkorga tegişli ekani aytilgan majburiy ijro işlari haqidagi malumotlar aks etgan skrinşot tarqalmoqda.
Skrinşotda Otaboyev B.M. nomi bilan Majburiy ijro byurosi (MIB) böyiça ikkita tölov majburiyati körsatilgan. Ularning umumiy miqdori 824 million 707 ming 519 söm ekani aks etgan.
Jumladan, birinçi majburiyat böyiça 31 million 717 ming 935 söm, ikkinçi iş böyiça esa 792 million 989 ming 584 söm körsatilgan.
Malumotlarga köra, uşbu tölovlar MIB ijro işlari bilan boğliq bölib, skrinşotda har ikkisi uçun ham ijro işi identifikatsiya raqamlari qayd etilgan.
Ayni paytda mazkur qarzdorliklarning kelib çiqiş sababi, tadbirkorlik faoliyati bilan boğliqligi va qarz qaysi qaror yoki majburiyat asosida yuzaga kelgani oçiq manbalarda aniq körsatilmagan.
Şu bois, tarqalayotgan malumotni hozirça MIB tizimidagi tölov majburiyatlari aks etgan skrinşot sifatida qabul qiliş mumkin. Qarzdorlikning huquqiy asosi va uning holati böyiça rasmiy malumot oliş uçun MIBning tegişli hududiy boşqarmasi izohi muhim.