“URGANÇDA TANQIDDAN SÖNG IÇIMLIK SUV TAMINOTI TIKLANDI”
5-09-2026, 21:11
102 марта
“URGANÇDA TANQIDDAN SÖNG IÇIMLIK SUV TAMINOTI TIKLANDI”Ijtimoiy tarmoqlarda Urganç şahri, Jaloliddin Manguberdi köçasi 8-uyda içimlik suvi yöqligi haqida xabar tarqalgan edi.
“Xorazm bugun” jamoasi tomonidan uşbu muammo kötarilgaç, holat tegişli idoralar tomonidan örganildi. Tekşiruvlar davomida tarmoqdagi nosozlik sababli mazkur manzilda içimlik suvi taminotida vaqtinça uziliş yuz bergani aniqlandi.
Aniqlangan nosozlikni bartaraf etiş yuzasidan zarur çora-tadbirlar körildi. Bugungi kunda nosozlik töliq bartaraf etilib, körsatilgan manzilda içimlik suvi taminoti töla tiklandi.
Natijada aholi murojaatida kötarilgan masala ijobiy hal etildi. “Xorazm bugun” naşri aholining dolzarb muammolarini yoritiş va ularning tezkor yeçimiga erişiş yölida faoliyatini davom ettiradi.