Urgançda içimlik suv taminoti vaqtinça töxtatiladi
9-07-2025, 09:08
2 248 марта
Urgançda içimlik suv taminoti vaqtinça töxtatiladiUrganç şahrida içimlik suv tarmoğidagi nosozlikni bartaraf etiş işlari davom etmoqda. Şu munosabat bilan bugun, 9 iyul kuni soat 09:00 dan 13:00 ga qadar şahar hududining ayrim qismlarida içimlik suv taminoti vaqtinça uziladi.
Xususan, 6-kiçik daha, Mustaqillik mahallasi, şuningdek, Feruz mahallasining ayrim köçalarida istiqomat qiluvçi aholi vaqtinçalik suvdan çeklanişi mumkin.
Mutasaddi taşkilotlar tomonidan nosozlikni imkon qadar tez fursatda bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Şuningdek, aholiga vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraladi va sabr-toqat tilanadi.
Eslatma: Aholidan zarur ehtiyojlar uçun oldindan suv zaxirasini tayyorlab qöyiş söraladi.
Muammo bartaraf etilgaç, içimlik suv taminoti töliq tiklanadi.