XORAZMDA BUTUNJAHON TAYeKVONDO KUNI NIŞONLANDI
6-09-2026, 08:18
52 марта
XORAZMDA BUTUNJAHON TAYeKVONDO KUNI NIŞONLANDIBugun Urganç şahridagi «Avesto» majmuasida 4-sentyabr — Butunjahon tayekvondo kuni munosabati bilan 400 nafardan ortiq yoş tayekvondoçilar iştirokida körgazmali çiqişlar va fleşmob taşkil etildi.
Tadbirni yuqori saviyada taşkil etişda Xorazm viloyati sport boşqarmasi, Özbekiston Tayekvondo WT Assotsiatsiyasi viloyat bölimi hamda trener-selektsionerlar faol iştirok etdilar. Tadbir davomida yoş sportçilar tomonidan uşbu sport turining öziga xos jihatlarini namoyon etuvçi texnik usullar, maxsus maşqlar hamda körgazmali çiqişlar namoyiş etildi.
Bugungi kunda tayekvondo yoşlarni intizom, iroda, sabr-toqat va öziga işonç ruhida tarbiyalaşda muhim örin tutmoqda. Xorazmda ham uşbu sport turi izçil rivojlanib, iqtidorli yoş tayekvondoçilar respublika va xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erişib kelmoqda.







