Xivada ayrim yöl qismlarida harakat vaqtinça çeklanadi
14-09-2026, 20:35
189 марта
Xivada ayrim yöl qismlarida harakat vaqtinça çeklanadiXiva şahrida yöl infratuzilmasini yaxşilaş va joriy tamirlaş işlarini amalga oşiriş munosabati bilan ayrim hududlarda transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi.
Qabul qilingan tegişli farmoyişga köra, 2026 yil 14 sentyabrdan 24 sentyabrga qadar 90V065 «Xiva ş. – Ğozovot q. – Arvuk q. – Monoq q.» avtomobil yölining malum qismida harakat çeklanadi.
Xususan, çeklovlar yölning 0,9-kilometridan, yani tuman tibbiyot birlaşmasi çorrahasidan boşlanib, 1,6-kilometrigaça, Qalbinur töyxonasi çorrahasiga qadar bölgan oraliqni qamrab oladi.
Uşbu hududda yölni tamirlaş işlari olib borilişi sababli haydovçilardan harakat vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qiliş va imkoni boriça muqobil yönalişlardan foydalaniş söralmoqda.
Şuningdek, haydovçilar uçun yölning çeklanayotgan qismidan 100–150 metr uzoqlikda avtomobillarni vaqtinça töxtatib turiş uçun maxsus joylar taşkil etiladi.
Transport vositalari harakatida vaqtinçalik noqulayliklar yuzaga kelişi mumkin. Tamirlaş işlari yakunlangaç, mazkur yöl qismida harakat qayta tiklanişi közda tutilgan.