Xivada “Talaba-Yugur” musobaqasi ötkaziladi: ayrim yöllarda harakat çeklanadi
12-09-2026, 22:00
128 марта
Xivada “Talaba-Yugur” musobaqasi ötkaziladi: ayrim yöllarda harakat çeklanadi13 sentyabr kuni Xiva şahrida “Talaba-Yugur” ommaviy yuguriş musobaqasi ötkaziladi.
Şu munosabat bilan tadbirlar bölib ötadigan hududlarga tutaş avtomobil yöllarida transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi.
Haydovçilardan 13 sentyabr kuni Xiva şahrida harakatlaniş vaqtida mazkur çeklovlarni inobatga oliş, imkoni bölsa muqobil yönalişlardan foydalaniş söralmoqda.
Transport harakatida vaqtinçalik özgarişlar yuzaga kelişi munosabati bilan şahar aholisi va mehmonlaridan oldindan reja tuzib, yölga çiqişlari tavsiya etiladi.