USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivada ikki kunlik gastronomik festival: 120 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun oşpazlar bellaşadi

112 марта
Xivada ikki kunlik gastronomik festival: 120 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun oşpazlar bellaşadi

Xivada tarixiy muhit, milliy taomlar va xalqaro gastronomik bellaşuv bir joyga jamlanadi. 19–20 sentyabr kunlari şaharda II xalqaro «Xorazm xonlari milliy taomlari» gastronomik festivali ötkaziladi.
Qadimiy Xiva yana bir bor milliy taomlar va gastronomik ananalar markaziga aylanadi. 2026 yil 19–20 sentyabr kunlari Xiva şahridagi «Arda Xiva» turizm majmuasida II xalqaro «Xorazm xonlari milliy taomlari» gastronomik festivali bölib ötadi.

Festival davomida Xorazmning asrlar davomida avloddan-avlodga ötib kelayotgan milliy taomlari, qadimiy retseptlar va zamonaviy oşpazlik mahorati namoyiş etiladi.

120 million sömlik sovrin uçun kimlar bellaşadi?
Festivalning eng qiziq jihatlaridan biri — ğoliblar uçun 120 million sömlik umumiy sovrin jamğarmasi ajratilgani.

Sovrinlar quyidagiça:

🥇 1-örin — 60 million söm
🥈 2-örin — 40 million söm
🥉 3-örin — 20 million söm

Şu tariqa milliy taomlarni tayyorlaş mahorati nafaqat etibor, balki katta miqdordagi pul mukofoti uçun ham bellaşuvga aylanadi.

Xorazm tamlari xalqaro maydonda
Festivalda Xorazm milliy oşxonasining öziga xos jihatlari, qadimiy retseptlar va taom tayyorlaş ananalari keng namoyiş etiladi.

Mehmonlar ikki kun davomida milliy taomlarni tatib köriş, oşpazlar mahoratini kuzatiş va Xiva muhitida gastronomik dasturdan bahramand böliş imkoniga ega böladi.

Taşkilotçilar festival orqali Xorazmning milliy oşxonasi va gastronomik merosini keng tarğib qiliş, şuningdek, hududning turistik salohiyatini yanada oşirişni maqsad qilgan.

📅 Sana: 19–20 sentyabr, 2026 yil
📍 Manzil: Xiva şahri, «Arda Xiva» turizm majmuasi
🍲 Festival: II xalqaro «Xorazm xonlari milliy taomlari»

​Sovrin jamğarmasi: 120 million söm
Xivada bu safar sayyohlarni nafaqat tarixiy obidalar, balki Xorazmning betakror tamlari ham kutib oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: