Xorazmdagi ilk pullik yölda yuriş narxi arzonlaşdi
2-10-2026, 21:52
973 марта
Xorazmdagi ilk pullik yölda yuriş narxi arzonlaşdiXorazm viloyatidagi ilk pullik avtomobil yölidan foydalaniş narxi qayta körib çiqildi. Endi haydovçilar uşbu yöldan ötiş uçun avvalgidan sezilarli darajada kamroq haq tölaydi.
Malum qilinişiça, ilgari pullik yöldan foydalaniş narxi 26 400 sömni taşkil etgan bölsa, endilikda bu körsatkiç 17 600 söm etib belgilandi. Şunday qilib, yöl haqi 8 800 sömga, yani qariyb uçdan bir qismga kamaydi.
Pullik yöl işga tuşirilganidan buyon uning narxi haydovçilar örtasida turli muhokamalarga sabab bölib kelgan edi. Köpçilik uşbu yöldan muntazam foydalanuvçilar uçun narx yuqoriligini takidlab, uni qayta körib çiqişni söragan edi. Yangi narx, ayniqsa, har kuni yoki tez-tez qatnaydigan haydovçilar, yuk taşuvçilar va taksi xizmatida işlovçilar uçun qulay bölişi kutilmoqda.