Davlat şifoxonalaridagi pullik xizmatlar 4,8 karraga qimmatlaşdimi?
15-05-2025, 20:13
195 марта

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi oydinlik kiritdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot xizmatining malum qilişiça, Adliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligining “Pullik tibbiy xizmat körsatadigan davolaş-profilaktika muassasalarini moliyalaş tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori röyxatdan ötkazilgan.
Mazkur qarorning 8-bandida “Tibbiy xizmatga tölovning eng köp qiymati davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan budjet mablağlari hisobiga körsatilayotgan aynan şunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq bölişi mumkin emas”ligi belgilangan.
Biroq, mazkur qaror qabul qilinganidan söng uning 8-bandidagi meyorning turliça talqin qilinişi oqibatida bazi tuşunmovçiliklar kelib çiqdi. Jumladan, “şunday xizmatlar qiymatining 25 foizi nazarda tutilganmi yoki 125 foizimi” degan savollar yuzaga keldi. Sodda qilib aytganda, “tibbiyot muassasalarida 100 ming sömlik tibbiy xizmat 25 ming sömga yoki 125 ming sömga körsatiladimi”, degan mazmunda murojaatlar paydo böldi.
Yuzaga kelgan tuşunmovçilikni bartaraf etiş maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining “Pullik tibbiy xizmat körsatadigan davolaş-profilaktika muassasalarini moliyalaş tartibi 8-bandiga özgartiriş kiritiş haqida” qöşma qarori qabul qilinib, Adliya vazirligi tomonidan 2025-yilning 7-may kuni röyxatdan ötkazildi.
Bu orqali tartib amaldagi normativ hujjatga muvofiqlaştirildi hamda pullik tibbiy xizmatlar narxlarining yuqori çegarasi aniq belgilandi. Xususan, aholiga pullik asosda körsatilgan tibbiy xizmat narxini belgilaşda tegişli xizmat tannarxiga 20 foizgaça ustama qöllaş mumkinligi qatiy belgilandi.
Yani, endilikda tannarxi 100 ming söm bölgan tibbiy xizmatning pullik xizmat narxi 120 ming sömdan ortiq bölişi mumkin emasligi qayd etildi.
Şu kungaça esa tibbiyot muassasalarida aholiga pullik asosda körsatiladigan tibbiy xizmat narxini şakllantiriş uning tannarxiga 25 foizgaça ustama qöllaş orqali amalga oşirilgan. Yani, tannarxi 100 ming söm bölgan tibbiy xizmatning pullik narxini 125 ming sömgaça belgilaş mumkin bölgan.
Lekin ijtimoiy tarmoqlarda mazkur yangilik “davlat şifoxonalaridagi pullik xizmatlar qimmatlaşadi”, deb notöğri talqin qilinmoqda.
Aslida Adliya vazirligi tomonidan 2025-yilning 7-may kuni röyxatdan ötkazilgan qaror bilan tibbiyot muassasalari tomonidan körsatiladigan pullik xizmat narxi kamaytirildi. Yani, davlat şifoxonalaridagi pullik xizmatlar uçun tölovlar kamida 5 foiz arzonlaşdi.