USD: 11,919 so'm ▲ EUR: 13,284 so'm ▲ RUB: 148 so'm ▲ GBP: 15,876 so'm ▲ CNY: 1,788 so'm ▲ KZT: 26 so'm ▼ TRY: 239 so'm ▲ AED: 3,245 so'm ▲ USD: 11,919 so'm ▲ EUR: 13,284 so'm ▲ RUB: 148 so'm ▲ GBP: 15,876 so'm ▲ CNY: 1,788 so'm ▲ KZT: 26 so'm ▼ TRY: 239 so'm ▲ AED: 3,245 so'm ▲

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

HAR TONG 40 KM YÖL BOSIB BOMDODGA KELADIGAN URGANÇLIK IMOM QANDAY TAQDIRLANDI?

9 марта
HAR TONG 40 KM YÖL BOSIB BOMDODGA KELADIGAN URGANÇLIK IMOM QANDAY TAQDIRLANDI?

Xorazmda ötgan ilmiy-amaliy seminarda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari KPI baholaş tizimi bö'yiça yil davomida eng yuqori natija körsatgan imom-domlalarni taqdirladi. Mukofotlanganlar orasida xorazmlik diniy soha xodimlari ham bor.

KPI TIZIMI NIMA?
Xodimlar faoliyati va kasbga sadoqatini xolisona baholaş uçun joriy etilgan zamonaviy KPI tizimi orqali eng yaxşi natija qayd etgan imom-domlalarga «Maqtov yorliği», pul mukofoti va qimmatbaho sovğalar topşirildi.

40 KM YÖL — BEŞ YIL DAVOMIDA
Urganç şahridagi "Oxunbobo" masjidi imom-xatibi Hasan domla Kenjayev beş yildan beri har kuni bomdod namozini jamoatga öqib beriş uçun 40 km yöl bosib keladi. Ta'sirçan suhbatlari bilan qavm savodxonligini oşirgan domla fidoyiligi uçun 20 million söm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

PEŞQADAM BÖLGAN 10 NAFAR XODIM
KPI tizimi bö'yiça quyidagi diniy soha xodimlari ham öz yönalişida peşqadam bölib, munosib e'tirofga sazovor böldi:

– Husan domla Asadov, Buxoro viloyati Kogon tumani «Hoji Salim» masjidi imom-xatibi;
– Xayrulla domla Adambayev, Xorazm viloyati Yangibozor tumani "Juma" masjidi imom-xatibi;
– Faxriddin domla Şayzoqov, Jizzax şahri "Qaliya" masjidi imom-xatibi;
– Nurullo domla Mahkamov, Namangan viloyati Çust tumani "Said Nasimxon töra" jome masjidi imom-xatibi;
– Qutlimurat domla Iztileuov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Bözatov tumani "Suyin eşon bobo" masjidi imom-xatibi;
– Muhammadyor domla Jomonqulov, Samarqand viloyati Bulunğur tumani "Amir Hamza" masjidi imom-xatibi;
– Hamdam domla Sobirov, Xorazm viloyati Qöşköpir tumani "Abul Qosim bobo" masjidi imom-xatibi;
– Salohiddin domla Toşanov, Toşkent şahri Yakkasaroy tumani "Yakkasaroy" masjidi imom-xatibi;
– Bahodir domla Murtazoyev, Toşkent viloyati Çinoz tumani "Qozi Mahalla" masjidi imom-xatibi;
– Ibodulla domla Sobirov, Xorazm viloyati Xonqa tumani "Xalifayi Xudoyqul eşon bobo" masjidi imom-noibi.

Ta'kidlaş joizki, peşqadamlar orasida Xorazmning Yangibozor, Qöşköpir va Xonqa tumanlaridan uç nafar imom bor.

Bunday e'tibor va mukofotlar diniy soha xodimlarini yurtimizning ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotiga yanada katta hissa qöşişga ruhlantiradi.














Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: