Urganç — Xiva yönalişida yangi trolleybuslar qatnovga çiqdi: interval 12 daqiqagaça qisqardi
Bugun, 08:39
75 марта
Urganç — Xiva yönalişida yangi trolleybuslar qatnovga çiqdi: interval 12 daqiqagaça qisqardi27-oktabrdan boşlab "Urganç — Xiva — Urganç" yönalişida yangi va zamonaviy trolleybuslar yölovçi taşişni boşladi. Bu viloyat aholisi hamda Xorazmga keladigan sayyohlar uçun jamoat transportidan foydalanişni ança qulaylaştiradi.
Aeroport va vokzallar bir yönalişda
Yangi trolleybuslar Urganç xalqaro aeroporti, Urganç va Xiva vokzallarini özaro boğlaydigan qöşimça yönaliş böyiça harakatlanadi. Endi samolyot yoki poyezdda kelgan mehmonlar ham, şahar aholisi ham ikki şahar örtasida qulay va arzon qatnay oladi.
Yangi yönaliş qayerlardan ötadi?
Yönaliş xaritasiga köra, yangi trolleybuslar Urganç xalqaro aeroportidan yölga çiqib, şahar markazi orqali Urganç vokzaligaça boradi. Söng Urganç tumani hududidagi Xiva yöli böylab harakatlanib, Xiva şahriga yetib keladi. Xivada esa trolleybuslar Xiva vokzali hamda tarixiy Içon qal'a yaqinidan ötadi.
Şu tariqa samolyotda Urgançga uçib kelgan sayyoh bitta trolleybusda tögridan-tögri Içon qal'a darvozasigaça yetib borişi mumkin bölmoqda. Bu, ayniqsa, turistik mavsumda mehmonlar uçun katta qulaylik hisoblanadi.
Kutiş vaqti ikki barobar qisqardi
Avval bu yönalişda trolleybuslar har 25 daqiqada qatnagan bölsa, endi har 12 daqiqada qatnaydi. Natijada bekatlarda kutiş muddati ikki barobardan ziyodga kamaydi.
Kuniga 7 minggaça yölovçi
Yönalişning kunlik yölovçi taşiş qamrovi 3 600 nafardan 6 500–7 000 nafargaça oşadi.
Eski yönaliş ham saqlanib qoladi
Eski trolleybuslar avvalgidek özining an'anaviy yönalişi böyiça qatnovda davom etadi. Bu yönaliş Urganç şahridagi trolleybus saroyidan boşlanib, şahar bozori hududi orqali Xivaga, Içon qal'agaça boradi.
Yangi trolleybuslar viloyatda jamoat transporti sifatini oşiriş va turizm salohiyatini rivojlantiriş yölidagi yana bir qadam bölmoqda.
#Xorazm #Urganç #Xiva #trolleybus #transport #IçonQal'a #XorazmBugun
