Qöşköpir va Boğotda 28 ta mahalla vaqtinça gazsiz qoldi
Bugun, 14:00
57 марта
Qöşköpir va Boğotda 28 ta mahalla vaqtinça gazsiz qoldiQöşköpir va Boğot tumanlarida yuqori bosimli gaz quvurlarida aniqlangan nosozlik sababli bugun, 29-oktabr kuni jami 28 ta mahallaga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatildi.
Qöşköpir tumanida diametri 273 mm bölgan yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib çiqişi aniqlangan. Nosozlikni bartaraf etiş uçun 21 ta mahallada gaz ta'minoti soat 17:00 gaça öçirildi. Bular – Polvon, Köktom, Örtayop, Örta qişloq, Ittifoq, Oşoqqal'a, Adolat, Iftixor, Ğalaba, Xosiyon, Tagalak, Yoşlik, Boğzor, Xayrobod, Könazey, Qadriyat, Xonobod, Nezaxos, Iqbol, Bahoriston va Çamanzor mahallalari.
Çeklov tumandagi 14 765 ta aholi iste'molçisi hamda 162 ta ulgurji iste'molçiga ta'sir qiladi.
Boğot tumanida ham xuddi şunday holat qayd etildi. "Boğot-2" gaz taqsimlaş stansiyasidan çiquvçi diametri 273 mm bölgan yuqori bosimli quvurda gaz sizib çiqişi aniqlangani sababli O. Otajonov, Soxibkor, Ma'naviyat, Özgariş, Hunarmand, Könabirlaşuv va Navbahor mahallalarida soat 14:00 dan 17:00 gaça gaz bölmaydi. Bu yerda 4 950 ta aholi va 51 ta ulgurji iste'molçi vaqtinça gazsiz qoladi.
Şunday qilib, ikki tuman böyiça jami 19 715 ta aholi va 213 ta ulgurji iste'molçi ta'mirlaş işlari davomida tabiiy gazdan foydalana olmaydi.
Mutasaddilar ma'lum qilişiça, ta'mirlaş-tiklaş işlari yakunlangaç, gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Aholiga gaz qayta berilgunga qadar gaz jihozlari kranlarini yopiq holda saqlaş tavsiya etiladi.
Manba: "Hududgazta'minot" AJ Xorazm hududiy filiali
#Xorazm #Qöşköpir #Boğot #gaz #XorazmBugun