Xorazm bojxonaçilari «Men donorman!» aksiyasida qon topşirdi
Bugun, 14:42
12 марта
Xorazm bojxonaçilari «Men donorman!» aksiyasida qon topşirdiXorazm viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari respublika miqyosida ötkazilayotgan «Men donorman!» xayriya qon topşiriş aksiyasida faol iştirok etdi.
Aksiya Respublika qon quyiş markazi bilan hamkorlikda taşkil etilgan bölib, ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida davom etmoqda. Uning asosiy maqsadi – inson hayotini asrab qoliş, qonga muhtoj bemorlarga yordam beriş va aholi örtasida donorlik madaniyatini yuksaltiriş.
Tadbir davomida bojxona xodimlari ixtiyoriy ravişda qon topşirib, uşbu xayrli taşabbusga öz hissalarini qöşdi. Aksiya, şuningdek, jamiyatda özaro mehr-oqibat va hamjihatlik tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Ma'lumot uçun, donorlar topşirgan qon oğir ahvoldagi bemorlar, jarrohlik amaliyotiga muhtoj insonlar hamda şoşilinç tibbiy yordam köröyotganlar hayotini saqlab qolişda muhim ahamiyatga ega. Şu bois donorlik nafaqat tibbiy ehtiyoj, balki insonparvarlik va boşqalar taqdiriga befarq bölmaslikning yorqin namunasi hisoblanadi.
Manba: Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi




