Ertaga Xorazmning olti tumanida elektr ta'minotida uzilişlar kutilmoqda
29-10-2026, 21:32
478 марта
Ertaga Xorazmning olti tumanida elektr ta'minotida uzilişlar kutilmoqda30-oktabr kuni Xorazm viloyatidagi olti tumanning 35 ta mahallasida elektr energiyasi vaqtinça öçirilişi mumkin. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Filial ma'lumotiga köra, uzilişlar soat 10:00 dan 18:00 gaça davom etişi mumkin. Bunga tarmoqlarda rejali profilaktika işlari sabab bölmoqda. Işlar elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalari asosida olib boriladi.
Elektr öçişi kutilayotgan hududlar:
Yangibozor tumani: Böston, Navryop, Qoratepa mahallalari;
Gurlan tumani: Naviryap, Dösimbiy, Ziyokor, Taxtaköpir, Dehqon mahallalari;
Xiva tumani: Şomaxulum, Parçanxos, Istiqlol mahallalari;
Boğot tumani: Böston, Navryop, Qoratepa, Gulşan, Nurli maskan, Obod, Oltinqum, Madaniyat, Oq oltin, Ğalaba, Yuksaliş, Ustalar, Namuna, Gulzor mahallalari;
Hazorasp tumani: Beşta, Törtta, Yangihayot, Buyuk siymo, Istiqlol, Otaliq, Muxomon mahallalari;
Tuproqqal'a tumani: Muhabbat, Navbahor, Yoşlik mahallalari.
Uşbu hududlar aholisiga telefon va boşqa qurilmalarni oldindan quvvatlab qöyiş, elektrga boğliq işlarni boşqa vaqtga rejalaştiriş tavsiya etiladi. Filial iste'molçilardan noqulaylik uçun uzr söradi.
Manba: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
#Xorazm #Yangibozor #Gurlan #Xiva #Boğot #Hazorasp #Tuproqqal'a #elektr