USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Prezident olimpiadasi»: xorazmlik sportçilar yana 13 ta medalni qölga kiritdi

6 марта
«Prezident olimpiadasi»: xorazmlik sportçilar yana 13 ta medalni qölga kiritdi

«Prezident olimpiadasi» sport musobaqalarining respublika bosqiçida Xorazm viloyati sportçilari bugun 3 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza — jami 13 ta medalni qölga kiritdi. Medallar dzyudo, stol tennisi va oğir atletika bellaşuvlarida qölga kiritildi.

Dzyudo

Bugungi medallarning asosiy qismi dzyudoçilar hissasiga töğri keldi. Munisa Tangriberdiyeva (48 kg), Muştariy Sabirova (52 kg) va Kamolbek Tangriberdiyev (73 kg) öz vazn toifalarida ğolib böldi. Rişod Aminov (55 kg) kumuş medalni qölga kiritdi. Guli Qalandarova (57 kg), Muhammadali Azodov (60 kg), Çaros Maşaripova (63+ kg) va Tölqinbek Ilxamboyev (73+ kg) bronza medal sohiblari böldi.

Dzyudo böyiça yakkalik bellaşuvlari yakuniga köra, xorazmlik sportçilar jami 11 ta medal — 5 ta oltin, 1 ta kumuş va 5 ta bronza medalni qölga kiritdi.

Stol tennisi

Stol tennisi bellaşuvlarida Maftuna Ibodullayeva va Mubina Marimbayeva kumuş medalga sazovor böldi.

Oğir atletika

Alibek Gulimboyev 65 kg vazn toifasida dast kötarişda 94 kg natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi. Ruxsora Bardiboyeva (49 kg, siltab kötariş — 72 kg) va Çarosxon Norbayeva (53 kg, dast kötariş — 70 kg) bronza medallarni qölga kiritdi.

Bugungi umumiy natija

Oltin — 3 ta
Kumuş — 4 ta
Bronza — 6 ta
Jami — 13 ta medal

Xorazm Bugun tahririyati sportçilarimizni şu natijalar bilan tabriklaydi va keyingi bellaşuvlarda omad tilaydi.














Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: