Urganç: Gurlan köçasidagi çorrahada avtomobil soyga tuşib ketdi
4-11-2026, 01:36
196 марта
Urganç: Gurlan köçasidagi çorrahada avtomobil soyga tuşib ketdiUrganç şahridagi Gurlan köçasida, xalq orasida "Çakka baliqxona" deb ataladigan joy yaqinidagi çorrahada avtomobil yöl yoqasidagi soyga tuşib ketdi.
Hodisa bugun 4 noyabr kuni sodir bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, damas rusumli avtomobil çorrahadan ötayotgan paytda boşqaruvdan çiqib, soyga qulagan.
Hozirça haydovçi va yöloviçlarning ahvoli, hodisaning aniq sabablari haqida rasmiy ma'lumot berilmadi. Voqea joyiga tegişli xizmat xodimlari yetib kelgan.
Mazkur çorraha tunda va ob-havo yomonlaşgan paytlarda haydovçilardan alohida ehtiyotkorlik talab qiladi. Haydovçilardan tezlik rejimiga rioya qiliş va diqqatli böliş söraladi.
Hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumotlar kelib tuşişi bilan xabar qilamiz.
#Urganç #Xorazm #YTH #GurlanKöçasi #XorazmBugun