Nazariya amaliyotda: Urganç talabalari gaz ta'minoti tizimi bilan yaqindan tanişmoqda
10-10-2026, 11:04
24 марта
Nazariya amaliyotda: Urganç talabalari gaz ta'minoti tizimi bilan yaqindan tanişmoqdaAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti va "Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali hamkorligida yöl qöyilgan dual ta'lim tizimi doirasida navbatdagi amaliy uçraşuv bölib ötdi.
Ma'lumot uçun, "Hududgaz Xorazm" GTF huzurida universitetning "Neft va gaz işi" kafedrasi filiali faoliyat yuritadi. Undan maqsad — kadrlar tayyorlaş sifatini oşiriş, oliy ta'limda olingan nazariy bilimlarni bevosita işlab çiqariş jarayonlari bilan mustahkamlaş. Navbatdagi oçiq muloqot ham aynan şu kafedrada taşkil etilib, unda universitetning Kimyoviy texnologiya fakulteti öqituvçilari va talabalari qatnaşdi.
Tadbirda söz olgan "Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali direktori vazifasini bajaruvçi Ruslan Balikin bugungi kunda sohada yoş mutaxassislarga ehtiyoj yuqori ekaniga e'tibor qaratdi. Uning ta'kidlaşiça, gaz ta'minoti tarmoğiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va sohani raqamlaştiriş jarayoni çuqur bilim hamda mustahkam amaliy könikmaga ega kadrlarni talab qilmoqda.
Uçraşuv davomida talabalarga dual ta'limning mazmun-mohiyati, işlab çiqariş korxonasida amaliyot ötaş imkoniyatlari, tizimda qöllanilayotgan texnologik uskunalar bilan bevosita işlaşning afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi. Şuningdek, kelajakda sohaning yetuk mutaxassisi bölib yetişiş yöllari ham tuşuntirildi.
Muloqotda tabiiy gazning hosil bölişi, qazib olinişi va iste'molçilarga yetkazib beriliş bosqiçlarini ilmiy asosda, qiziqarli tarzda yorituvçi maxsus videorolik namoyiş etildi. Lavha talabalarda sohaga nisbatan katta qiziqiş uyğotdi.
Yakunda talabalar gaz ta'minotining texnologik jarayonlari, kasbiy faoliyat istiqbollari va özlarini qiziqtirgan boşqa masalalar yuzasidan soha mutaxassislariga savollar berib, batafsil javob oldilar.
Bunday uçraşuvlar yoşlarning kasbiy qiziqişini mustahkamlab, ularga nazariya va amaliyot tutaşgan maskanda yangi bilim va könikmalar egallaş imkonini beradi.
Manba: "Hududgaz Xorazm" GTF matbuot xizmati

