Hazoraspda tuğilgan Adliya vazirligi boşqarma boşliği Nodir Jumanyozov bevaqt vafot etdi
1-11-2026, 14:39
2 473 марта
Hazoraspda tuğilgan Adliya vazirligi boşqarma boşliği Nodir Jumanyozov bevaqt vafot etdiAdliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boşqarmasi boşliği Jumanyozov Nodir Xudayberdiyeviç bevaqt vafot etdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Nodir Jumanyozov 1982-yilda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tuğilgan.
U 2005-yildan boşlab adliya organlari tizimida turli mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, Adliya vazirligining markaziy apparatida, Davlat xizmatlari agentligida hamda Xorazm viloyati adliya boşqarmasida rahbarlik lavozimlarida işlagan.
Nodir Xudayberdiyeviç köp yillik mehnat faoliyati davomida yuksak kasbiy bilimi va salohiyati, boy tajribasi, mas'uliyati hamda fidoyiligi bilan adliya tizimi rivojiga munosib hissa qöşgan.
Öz işiga talabçanligi, kasbiy masalalarga puxta yondaşuvi, hamkasblari bilan samimiy munosabati va insoniy fazilatlari bilan jamoada hurmat-e'tibor qozongan. Vazirlik ta'kidlaşiça, uning adliya tizimidagi köp yillik samarali mehnati, orttirgan tajribasi va ezgu işlari hamkasblari xotirasida saqlanib qoladi.
Uning bevaqt vafoti adliya tizimi jamoasi uçun oğir yöqotiş böldi.
Adliya vazirligi jamoasi Nodir Jumanyozovning vafoti munosabati bilan uning barça yaqinlari va oila a'zolariga çuqur hamdardlik izhor qildi.
"Xorazm Bugun" jamoasi ham marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya bildiradi.
#Hamdardlik #Xorazm #Hazorasp #AdliyaVazirligi #XorazmBugun