Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazmlik akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
28-05-2025, 16:48
842 марта
Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazmlik akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.Mamlakatimiz ilm-fani oğir judolikka uçradi. Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Azimboy Sa’dullayev 2025 yil 28 may kuni
78 yoşida vafot etdi.
A.Sa’dullayev 1947 yil 9 yanvarda Xorazm viloyatining Şovot tumanida tuğildi. 1969 yilda Moskva davlat universitetini matematika mutaxassisligi böyiça tamomladi. Mazkur universitet aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, söngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 1995 yilda haqiqiy a’zosi etib saylandi.
A.Sa’dullayev özining 55 yillik mehnat faoliyati davomida Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) öqituvçisi, dotsenti, kafedra mudiri, fakultet dekani, Özbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, Urganç davlat universiteti rektori, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat olib bordi va özining yuksak ilmiy-pedagogik
va rahbarlik salohiyatini namoyon etdi.
Maşhur matematik olimning ilmiy işlari mamlakatimiz va xalqaro ilmiy jamoatçilik tomonidan e’tirof etilgan. Ayniqsa, uning AQŞ olimlari bilan hamkorlikda yangi yönaliş bölgan kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratgani, hozirgi kunda uşbu işlanma amaliyotda keng qöllanilayotgani fan olamida yaxşi ma’lum.
Iste’dodli olimning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari, 15 ta monografiyasida matematika sohasining köplab dolzarb masalalari atrofliça tadqiq etilgan.
Akademik A.Sa’dullayev jonkuyar va talabçan ustoz sifatida köplab yoşlarga ta’lim-tarbiya berdi. Uning rahbarligida önlab fan doktori va fan nomzodlari tayyorlandi.
A.Sa’dullayev 1995-2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida samarali faoliyat olib borib, qonun hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş, parlament nazorati mexanizmlarini takomillaştirişda jonbozlik körsatdi.
Akademik A.Sa’dullayevning mamlakatimiz ilm-fani va ta’lim sohasini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u 2020 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Azimboy Sa’dullayevning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, Ş.Ayupov