USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Prezidenti YUNISEF bilan sermahsul şeriklikni yuksak baholadi

157 марта
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 may kuni mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan BMT Bolalar jamğarmasi (YUNISEF) ijroçi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi.
BMT tizimidagi uşbu yetakçi ixtisoslaşgan institut bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.


Uçraşuv avvalida YUNISEF rahbari Özbekiston yetakçisiga BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişning samimiy salomini yetkazdi.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar natijalariga yuqori baho berilib, bolalar huquqlarini ta’minlaş va imkoniyatlarini kengaytiriş sohasidagi milliy dastur qöllab-quvvatlandi.

Özbekiston va YUNISEF örtasidagi hamkorlik keyingi yillarda yuksak darajaga çiqqani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Taşkilot kömagida mamlakatimizda bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş böyiça qonun, aholini ijtimoiy himoya qiliş va bolalar onkologiyasiga qarşi kuraşiş sohasida strategik hujjatlar qabul qilindi. Koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş va vaksinatsiya tizimini rivojlantirişga kömaklaşildi.

Qonunçilikni takomillaştiriş, bolalarni parvariş qiliş va qöllab-quvvatlaşning yangi mexanizmlarini joriy etiş, ijtimoiy xizmat va kadrlar tayyorlaş tizimini rivojlantiriş, ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş va ularning sifatini yaxşilaş, milliy standartlarni işlab çiqiş, ijtimoiy suğurtani kengaytiriş, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş va boşqa ustuvor yönalişlarda qöşma çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.
2030 yilgaça möljallangan yangi Mamlakat dasturini qabul qiliş, şuningdek, bolalar huquqlarini himoya qiliş va manfaatlarini ilgari suriş masalalari böyiça qator xalqaro tadbirlarni birgalikda ötkazişga kelişib olindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: