Iş vaqtidan taşqari işlaganlarga 2 emas 1,5 baravar haq tölaş taklif qilinmoqda
27-05-2025, 12:51
277 марта
Keça, 26 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yiğilişida iş vaqtidan taşqari iş uçun haq tölaş va uning davomiyligini soddalaştirişga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Ekologik partiya matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, bugungi kunda iş vaqtidan taşqari işning davomiyligini yiliga 120 soatdan oşiriş mumkin emasligi hamda iş vaqtidan taşqari iş uçun xodimga kamida 2 hissa miqdorida haq tölaş belgilangani uşbu mexanizmning iş beruvçilar örtasida keng ommalaşmaganiga sabab bölmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga iş vaqtidan taşqari iş uçun haq tölaş va uning davomiyligini soddalaştirişga doir özgartirişlar kiritilmoqda.
Bunda mehnat şaroitlari noqulay bölgan işlarda iş vaqtidan taşqari işga jalb etilganda har bir soati uçun kamida 2 hissa miqdorda haq tölaniş nazarda tutilmoqda.
Bildirilişiça, muhokama söngida qonun loyihasi yuzasidan fraksiya a’zolari tomonidan tavsiyalar bildirilib, loyiha qöllab-quvvatlangan.
Ma’lumot uçun, Mehnat kodeksining 189-moddasiga (iş vaqtidan taşqari iş) köra, iş beruvçi tomonidan xodimni xodim uçun belgilangan iş vaqti davomiyligidan taşqari işga jalb etiş iş vaqtidan taşqari iş deb hisoblanadi. 262-moddaga (iş vaqtidan taşqari iş uçun haq tölaş) köra esa iş vaqtidan taşqari iş uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi.