Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasining oçiliş marosimi bölib ötdi
27-05-2025, 13:08
302 марта
Bugun, 27-may kuni Xorazm viloyati “Yoşlik” sport majmuasida matematika böyiça ötkazilayotgan Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro olimpiadaning oçiliş marosimi bölib ötdi. Tantanali marosimni Xorazm viloyati hokimi örinbosari S.Salayev kiriş söz bilan oçib berib, uşbu nufuzli olimpiadaning xalqaro ahamiyati va matematika sohasi rivojidagi örni töğrisida söz yuritdi.Şundan söng, Oliy taʼlimni rivojlantiriş tadqiqotlar markazi direktori örinbosari M.Esonov, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori örinbosari A.Xudoyberdiyev, Urganç davlat universiteti rektori v.v.b S.Xodjaniyazov hamda Kaliforniya davlat universiteti professori, olimpiadaning hakamlar hayʼati raisi Z.Ibragimovlar sözga çiqdilar.




Tantanali tadbirda e’tirof etilganidek, talabalar örtasida taşkil etilayotgan mazkur olimpiada musobaqasi Özbekistonda uçinçi marotaba ötkazilmoqda. Olimpiada bahslari şu yilning 28-29 may kunlari “Yoşlik” sport majmuasida taşkil etiladi. Unda Braziliya, AQŞ, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya, Vyetnam, Rossiya, Serbiya, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston kabi dunyoning yetakçi mamlakatlari, şuningdek, yurtimizning köplab oliy taʼlim muassasalaridan jami 218 nafar iştirokçi matematikaning eng murakkab jumboqlariga mantiqiy va ijodiy yondaşuv bilan yeçim izlaydilar.Uşbu xalqaro olimpiadani ötkazişdan közlangan asosiy maqsad buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş, iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlardagi tengdoşlari bilan döstona raqobatlaşiş muhitini yaratiş, yoşlarning matematika fanini çuqur örganişga qiziqişlarini oşirişdan iborat.












