Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik va tölov intizomi: “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialida muhim vazifalar belgilab olindi
17-10-2026, 11:06
35 марта
Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik va tölov intizomi: “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialida muhim vazifalar belgilab olindiAholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlaş, ayniqsa, havo harorati pasayib borayotgan kuz-qiş mavsumida tizim mutasaddilaridan alohida mas’uliyat va tezkor yondaşuvni talab etadi.
Kuni keça “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali majlislar zalida filial direktori vazifasini bajaruvçi R. Balikin boşçiligida navbatdagi tanqidiy va tahliliy yiğiliş bölib ötdi. Unda şahar va tuman gaz ta’minoti bölimlari rahbarlari, sohaviy xizmat mutasaddilari hamda filial mas’ul xodimlari iştirok etdi.
Kengaytirilgan yiğiliş kun tartibidan ikkita ustuvor masala — iste’molçilarning debitor qarzdorligini qisqartiriş va oldini oliş hamda mavsum oldidan hududlarda tayyorgarlik işlarini yanada jadallaştiriş çoralari örin oldi.
Yiğilişda ta’kidlanganidek, asosiy maqsad — yaqinlaşib kelayotgan sovuq kunlarda viloyatdagi barça toifadagi iste’molçilarni bir me’yorda, barqaror va xavfsiz tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan ta’minlaşdir. Bu jarayonda har bir tuman va şahar kesimida gaz tarmoqlari, taqsimlaş punktlari va texnik jihozlarning şayligi, zahira omborlari alohida nazoratga olinadi.
Muhokamalar davomida debitor qarzdorlikni undiriş va kelgusida uning oşib ketişiga yöl qöymaslik masalasiga alohida töxtalib ötildi. Yetkazib berilgan tabiiy gaz uçun tölov intizomini mustahkamlaş, iste’molçilar bilan tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş hamda zamonaviy avtomatlaştirilgan tizimlar imkoniyatlaridan töliq foydalaniş böyiça aniq vazifalar yuklatildi.
Yiğiliş yakunida filial rahbariyati tomonidan har bir şahar va tuman bölim boşliqlariga joylardagi mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etiş, avariya holatlarini oldini oliş böyiça navbatçilik guruhlari faoliyatini kuçaytiriş va rejalaştirilgan çoralarni sözsiz bajariş böyiça qat’iy körsatmalar berildi. Beligilangan vazifalar ijrosi şaxsiy nazoratga olindi.

