Urgançdagi «Darital» binosida yonğin çiqdi
16-11-2026, 14:30
678 марта
Urgançdagi «Darital» binosida yonğin çiqdiBugun, 16-noyabr kuni Urganç şahridagi «Darital» supermarketi joylaşgan binoda yonğin sodir böldi.
Tahririyatimizga yetib kelgan tasvirda bino tomi ortidan quyuq qora tutun ustuni osmonga kötarilayotgani va olov alangasi aniq körinib turibdi. Tutun şaharning bir neça nuqtasidan körinmoqda.
Mazkur binoda «Darital» supermarketi, «ZuzuLand» bolalar öyin markazi va kinoteatr, şuningdek bir qator savdo va ovqatlaniş şoxobçalari faoliyat yuritadi.
Hozirça yonğin çiqiş sababi, uning kölami hamda jabrlanganlar bor-yöqligi haqida rasmiy ma'lumot berilmadi. Favqulodda vaziyatlar boşqarmasidan rasmiy ma'lumot kutilmoqda.
Fuqarolardan voqea joyi atrofida töplanmaslik va yonğin öçiruvçilar işiga xalaqit bermaslik söraladi.
Xabar yangilanib boradi.